지문
O'lmasning onasi uyda o'tiradi, do'ppi tikadi.
올마스의 어머니는 집에 계시며, 돕프를 만들고 계십니다.
Qizlari ham onasiga qarashadigan bo'lib qolgan.
그녀의 딸들도 어머니를 보고 있게 되었습니다.
Biri igna tortadi, biri piltakach uradi, bitgan do'ppini taxtakachga
bostiradi, yana biri ipak qaynatadi, quritadi, xullas, namozgarda
boshlangan do'ppi ertasiga tayyor bo'ladi.
한 번 바늘을 잡아당기고, 한 번 코바늘을 꿰고, 끝낸 돕프를 압축기에
올려놓고, 또 한 번 비단을 달구고, 말립니다, 결국, 신새벽에 시작된 돕프는
다음날에 완성됩니다.
단어
piltakach 코바늘 taxtakach 나무로 된 압축기 bostirmoq 얹치다, 올려놓다
namozgar 동이 트기 전 새벽
=====
지문
Bahor keladi.
봄이 옵니다.
Gul mavsumi boshlanib ketadi.
꽃의 계절이 시작되어 갑니다.
Daraxtlarda gul, bolalarning do'ppilariga lolalar qistirilgan.
나무들에는 꽃, 아이들의 돕프들에는 튤립들이 꽂혀 있습니다.
Savatlarda uyum-uyum gunafshalar.
광주리들에는 가득 차 있는 제비꽃들.
Hamma yoq gul!
모든 곳이 꽃이에요!
Bahor faslining zavqi boshqacha.
봄의 즐거움은 달라요.
Qo'qqisdan osmonni bulut qoplaydi-da, chelak-chelak suv quyadi.
갑자기 하늘을 구름이 덮고, 바가지째 물을 퍼붓습니다.
Ko'p yog'adi...
비가 많이 내려요...
Lahza o'tmasdan, erka quyosh jilmayib chiqib keladi.
얼마 지나지 않아서, 개구쟁이 태양이 미소지으며 나옵니다.
Hamma yoq yarqirab ketadi.
모든 곳이 반짝반짝 빛납니다.
Olmalar, giloslar, olchalar, shaftolilar - hammasi avji gulda.
사과들, 체리들, 버찌들, 복숭아들 - 모두가 만발해 있습니다.
단어
qistirmoq 1. 주다, 쥐어주다 2. 언급하다, 덧붙여 말하다 3. 꽂다, 박다 4.
힘껏 누르다 qistirilmoq 박히다, 꽂히다 gunafsha (binafsha) 제비꽃
qo'qqisdan 갑자기 yarqiramoq 반짝반짝하다, 번쩍번쩍하다, 반짝반짝 빛나다,
번쩍번쩍 빛나다
=====
지문
Farg'onada bizning Oltiariqdan tashqari Uchariq, Beshariq, Qo'shariq,
Oqariq, Soyariq, Jinariq, Belariq singari joylar ko'p.
파르고나에는 우리들의 올트아륵 외에 우츠아륵, 베쉬아륵, 쿠샤륵, 오카륵,
소야륵, 진아륵, 벨아륵 같은 곳이 많습니다.
Shu bois oltiariqliklar biron-bir musofirni ko'rishsa:
그래서 올트아륵 사람들은 누군가 여행자를 마주치게 되면
"Keling, akaxon, marg'ilonlikmilar?" deb so'rashadi.
"오세요, 아저씨, 마르길론 사람이세요?" 라고 물어봅니다.
"Yo'q", degan javobni eshitishsa, birdan hafsalalari pir bo'lib:
"아니요" 라는 대답을 들으면, 갑자기 시큰둥해지며
"Unda qaysi ariqdansiz?" deyishadi.
"그러면 어느 하천에서 오셨어요?" 라고 말합니다.
단어
hafsala 열망, 갈망, 인내 hafsalasi pir bo'lmoq 1. 믿음이 사라지다, 신념이
사라지다 2. 열망, 흥미가 사라지다, 시큰둥해지다 yo'qolmoq 없어지다,
사라지다
=====
지문
U vaqtda Toshkent ikkita shahardan iborat bo'lib, birini Eski shahar,
ikkinchisini Yangi shahar deyishardi.
그 당시 타슈켄트는 두 개의 도시로 구성되어서, 하나를 '구도시', 다른
하나를 '신도시'라고 말하곤 했습니다.
Ikkalasi o'z davrining o'zgacha ikki dunyosi hisoblanib, ularning muayyan
chegarasi ham bor edi.
두 개는 자신의 시대의 자신들의 두 세계로 간주되어서, 그것들의 특정한 경계
또한 있었습니다.
Ko'p sirlarning guvohi bo'lgan sirli Anhor chegara edi.
많은 비밀들의 목격자가 된 비밀스러운 안호르 경계였습니다.
Uning o'ng qirg'og'i Qo'qon xoni qurgan O'rda choyxonasidan boshlansa,
chap qirg'og'i Eski shaharga qaratilgan Tuproqqo'rg'on harbiy qal'asidan
boshlanardi.
그것의 오른쪽 강변은 코콘 왕이 건설한 우르다 찻집으로 시작될 때, 왼쪽
강변은 구도시로 향한 투프록쿠르곤 요새로 시작되었습니다.
=====
지문
Respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi
sessiyasida O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilindi
va 1-sentabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb e'lon
qilindi.
공화국 최고 회의의 제12차 결의 순서 외에 6번째 회기에서 우즈베키스탄
공화국의 독립이 발표되었고, 9월 1일은 우즈베키스탄 공화국의 독립일로
발표되었습니다.
1991-yildan boshlab bu kun mamlakatimizning bosh bayrami sifatida katta
tantanalar bilan nishonlanib kelinmoqda.
1991년부터 시작해서 이날은 우리 나라의 최고 명절 형태로 큰 행사들로
경축되어오고 있습니다.
단어
chaqiriq 1. 외침, 호소 2. 소환, 호출 3. 방에서 실시되는 손님 맞이 행사 4.
강령, 표어
=====
지문
Sirdaryo yoqasidagi tog'oldi tekisliklarida bunyod bo'lgan Toshkent
shahri juda qulay tabiiy muhitga egadir.
시르다리오 강기슭에 있는 산기슭 평지에 세워진 타슈켄트는 매우 쾌적한 자연
환경을 가지고 있습니다.
Shaharning obodonchilik sharoiti ham yaxshi.
도시의 아름다운 환경들도 좋습니다.
Toshkent vohasini Chirchiq daryosi suv bilan ta'minlab turadi.
타슈켄트 오아시스를 치르칙 강이 물을 공급하고 있습니다.
Shahardan oqib o'tuvchi ariq va kanallarning hammasi Chirchiq daryosidan
boshlanadi.
도시를 흘러 지나가는 수로와 운하들 모두 치르칙 강에서 시작됩니다.
Qorasuv, Salor, Kaykovus, Qoraqamish, Shayxontohur, Rohat, Oqqo'rg'on,
Anhor shaharning qon tomirlaridir.
코라수브, 살로르, 카이코부스, 코라카미슈, 샤이콘토후르, 로하트, 옥코르곤,
안호르는 도시의 혈관들입니다.
단어
tog'oldi 산기슭
=====
지문
Nurali baxshi bu tomonlarda juda mashhur edi.
누랄르 박쉬는 이 주변에서 매우 유명했습니다.
Tog'liklarning biron to'yi, ma'rakasi, gap-gashtagi usiz o'tmaydi.
산골 사람들의 어느 결혼식, 장례식, 파티에 그 없이 행해지지
않습니다.
Nurali baxshi biron sabab bilan qatnasha olmagan to'ydan odamlar : "Bu
to'y to'y bo'lmadi", deb qaytishar edi.
누랄르 박쉬가 어떤 이유로 초대될 수 없는 행사에 대해 사람들은 "이 행사는
행사가 아니다" 라고 말하며 돌아가곤 했습니다.
Nurali baxshi etagi tizzadan yuqori olacha to'n kiygan, boshida ko'k
salla, og'zi to'la tilla tish.
누랄르 박쉬는 아래로는 무릎부터 위로 알록달록한 톤을 입고, 머리에는 파란
망토, 입에는 금니로 가득합니다.
Chap qo'lida ushlab kelayotgan do'mbirasining qoshiga har xil tumorlar,
munchoqlar, ipak popuklar taqilgan.
왼 손에 쥐고 있는 돔브라의 눈썹에 다양한 부적들, 유리구슬들, 비단 술들이
부착되어 있습니다.
단어
baxshi 전통 노래 부르는 사람, 이야기꾼 ma'raka 장례식 gap-gashtak 놀고
먹는 파티 olacha 알록달록한 tumor 부적 munchoq 목걸이, 유리구슬 popuk
(장식) 술
댓글 쓰기