지문
Biz yashayotgan zamin
우리가 살고 있는 땅
Biz yashayotgan zamin qadimda Movarounnahr - ikki daryo oralig'i deb
atalgan.
우리가 살고 있는 땅은 옛날에 모바로운나하르 (마 와라 안-나흐르) - 두 강의
뒤쪽이라고 불렸습니다.
O'zbekiston yashil vodiylari va qadimiy shaharlari bilan jahonga
mashhur.
우즈베키스탄은 푸른 계곡들과 오래된 도시들로 세계적으로 유명합니다.
Ularni butun dunyo biladi va har bir kishi shu shaharlarda bo'lishni orzu
qiladi.
그것들을 전 세계가 알고 있으며, 모든 사람들이 그 도시들에 있기를
희망합니다.
Bu qadimiy shaharlar Sharq durdonalaridir.
이 오래된 도시들은 동양의 최고 보물들입니다.
Har yili olib borilayotgan arxeologik qazilmalar O'rta Osiyo insoniyat
beshiklaridan biri ekanligini isbotlamoqda.
매해 진행되고 있는 고고학자의 발굴들은 중앙아시아의 인간의 요람들 중
하나였음을 증명하고 있습니다.
O'zbekistondagi Dalvarzin tepaligi, Afrosiyob (qadimgi Samarqand)
qoldiqlari, Shahrisabzda olib borilgan tadqiqotlar natijalari buni
isbotladi.
우즈베키스탄에 있는 달바르진 고개, 아프로시욥 (옛날 사마르칸트) 유물들,
샤흐리사브즈에서 가져간 연구들의 결과들이 이것을 증명했습니다.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Termiz, Farg'ona kabi shaharlarni
ko'rish maqsadida har yili ko'plab sayyohlar kelishadi.
사마르칸트, 부하라, 히바, 타슈켄트, 테르미즈, 파르고나와 같은 도시들을
보기 위해서 매해 많은 관광객들이 옵니다.
Ushbu shaharlardagi qadimiy obidalarni saqlab qolish uchun hukumatimiz
tomonidan ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
바로 그 도시들에 있는 오래된 유적들을 보존하기 위해 우리들의 정부로부터
복원 작업이 진행되고 있습니다.
=====
지문
Samarqand
사마르칸트
Samarqand jahondagi eng qadimiy shaharlardan biri.
사마르칸트는 세계에서 가장 오래된 도시들 중 하나입니다.
U Bobil, Rim, Afina shaharlari bilan tengdoshdir.
그것은 바빌, 로마, 아테나와 같이 오래되었습니다.
Samarqand 1970-yilda o'zining shonli to'yi - tashkil topganining 2500
yilligini nishonladi.
사마르칸트는 1970년에 자신의 명예로운 축제 - 형성 2500주년을
축하했습니다.
U qadimiy-tarixiy me'morchilik obidalariga boylig bilan haqiqiy
muzey-shahar sifatida butun dunyoda tan olindi.
그것은 옛날의-역사적인 기념적인 건물들이 많음과 더불어 실제로 박물관
도시로 저 세계에서 인정되었습니다.
Samarqandning Shohizinda ansambli, Go'ri Amir maqbarasi, Bibixonim
masjidi, Registon maydoni, Ulug'bek rasadxonasi, Sherdor madrasasi va
boshqa obidalari ming yillardan beri barchani maftun etib keladi.
사마르칸트의 쇼히진다, 구리 아미르 묘소, 비비하늠 모스크, 레기스탄 광장,
울루그벡 천문대, 셰르도르 마드라사와 다른 유적들은 1000여년 전부터 모두를
황홀하게 하고 있습니다.
Bu obidalarning ko'pchiligi sohibqiron Amir Temur davrida bunyod
etilgan.
이 유적들의 상당수는 아미르 테무르 대왕 시대에 건설되었습니다.
Amir Temur o'z poytaxti Samarqandga o'zi zabt etgan barcha mamlakatlardan
mashhur hunarmandlar, quruvchilar, me'morlar va ustalarni keltirib, ushbu
madrasa va masjidlarni qurdirgan.
아미르 테무르는 자신의 수도 사마르칸트에 자신이 정복한 모든 나라들로부터
유명한 수공예 장인, 건축가, 건축 설계사와 장인들을 데리고 와서, 바로 그
마드라사와 모스크들을 짓게 했습니다.
Shundan beri Samarqand hunarmandlar va ilm ahllari ta'lim oluvchi
maskanga aylangan.
그때부터 사마르칸트는 수공예 장인들과 학자들이 지식을 얻는 지역으로
바뀌었습니다.
단어
shonli 영광스러운, 명예로운 rasadxona 천문대 zabt 점령, 정복 hunarmand
수공예 장인 quruvchi 건축가
=====
지문
Buxoro - muzey shahar
부하라 - 박물관 도시
Buxoro jahondagi eng qadimiy mashhur shaharlardan biri.
부하라는 세계에서 가장 오래된 도시들 중 하나입니다.
YUNESCO qaroriga binoan, 1995-yilda Buxoroning 2500 yiligi
nishonlandi.
유네스코의 결정에 따라, 1995년에 부하라 2500주년이 축하되었습니다.
Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorayi Kalon, Ark ansambli va
boshqalar jahondagi eng qadimiy me'morchilik yodgorliklaridan
hisoblanadi.
부하라에 있는 이스마일 소모니 묘소, 미노라이 칼론, 아르크와 다른 것들은
세계에 있는 가장 오래된 기념물의 유적들로 평가됩니다.
Buxoro nafaqat qadimiy obidalari, balki qorako'li, zardo'zlik va
hunarmandchilik kabi boshqa sohalari bilan mashhurdir.
부하라는 오직 오래된 유적들 뿐만 아니라, 모피, 자수와 수공예와 같은 다른
영역들도 유명합니다.
Butun dunyodan kelgan sayyohlar Buxoroda tikilgan milliy zardo'zi
do'ppilar, to'nlarni xarid qilmay ketmaydilar.
전세계에서 온 관광객들은 부하라에서 짜여진 전통 수공예 돕프들, 외투들을
사지 않고 가지 않습니다.
Buxoro shahrida tabobat ilmining asoschisi, Avitsenna nomi bilan jahonga
mashhur bo'lgan Abu Ali ibn Sino, hadislar ilmining asoschisi Imom
al-Buxoriylar yashab, ijod qilishgan.
부하라에서 의학 지식의 창시자, '아비트센나'라는 이름으로 세계적으로
유명해진 아부 알리 이븐 시노, 하디스 학문의 창시자 이맘 알-부하리가
살았고, 창작활동을 했습니다.
Buxoro Sharqda ikkinchi Madina nomi bilan ham mashhur bo'lib, u yerdagi
madrasalarda juda ko'p ilm ahllari ta'lim olishgan.
부하라는 동양에서 '두 번째 메디나'라는 이름으로도 유명해서, 그곳에 있는
마드라사에서 매우 많은 학자들이 지식을 얻었습니다.
단어
qorako'li 우즈베키스탄 코라쿨 지역에서 키우는 양의 모피
=====
지문
Xiva
히바
Xiva - afsonaviy shahar.
히바는 전설적인 도시입니다.
U O'zbekistonning shimol qismida, Xorazm vohasida joylashgan eng qadimgi
shaharlardan biri bo'lib, rasmiy hujjatlarga ko'ra, shaharning tashkil
topgan sanasi XVII asr hisoblanadi.
그것은 우즈베키스탄의 북부에, 호라즘 오아시스에 위치한 가장 오래된 도시들
중 하나로, 공식 기록에 의하면, 도시가 형성된 시기는 17세기입니다.
Xiva qadimiy yodgorliklari, muhtasham binolari yaxshi saqlangan noyob
muzey-shahardir.
히바는 오래된 유적들, 궁전 건물들이 잘 보존된 진기한 박물관
도시입니다.
Shaharning markazida O'rta Osiyodagi eng qadimiy inshootlardan biri -
ko'p ustunli Juma masjidi qad ko'tarib turibdi.
도시의 중심에 중앙아시아에 있는 가장 오래된 건물 들 중 하나인 많은 기둥이
있는 주마 모스크가 솟아 있습니다.
Har yili dunyoning turli mintaqalaridan kelgan yuz minglab sayyohlar bu
shaharlarning tarixiy yodgorliklarini zavq bilan tomosha qiladilar.
매해 세계의 다양한 지역들에서 온 수십만명의 관광객들은 이 도시들의
역사적인 유적들을 기쁨과 함께 관람합니다.
단어
sana 날짜, 시기 mintaqa 지역
=====
지문
Toshkent - Sharq mash'ali
타슈켄트 - 동방의 횃불
Hozirgi davrdagi eng yirik shaharlardan biri Toshkent nomi ilk bor XI
asrda tilga olingan.
현대에서 가장 큰 도시들 중 하나인 타슈켄트는 그 이름이 일찍이 9세기에
언급되었습니다.
Toshkent muhim savdo yo'llari tutashgan yerda joylashgan.
타슈켄트는 중요한 상업로들을 연결하는 곳에 있습니다.
Sharq bilan G'arb mamlakatlarini bir-biri bilan bog'lagan tarixiy aloqa
yo'li - Buyuk ipak yo'li Toshkent orqali o'tgan.
동양과 서양 국가들을 서로 묶은 역사적 관계의 길 - 실크로드는 타슈켄트를
통해 지나갔습니다.
Toshkentda juda ko'p qadimiy madaniy va me'moriy yodgorliklar saqlanib
qolgan.
타슈켄트에 매우 많은 오래되고 문화적이고 기념적인 유적들이
보존되었습니다.
XX asrning boshlarida Toshkentda Beshyog'och dahasining o'zida 5 ta
madrasa bo'lgan.
20세기 초에 타슈켄트에서 베쉬요고츠 구역에 5개의 마드라사가
있었습니다.
Shulardan birinchisi - Ko'kaldosh madrasasi bo'lib, XVI asrda
qurdirilgan.
그것들 중 하나는 쿠칼도쉬 마드라사로, 16세기에 지어졌습니다.
1832-yilda Toshkentning Eski Jo'va maydonida Beklarbegi madrasasi qurila
boshlanadi.
1832년에 타슈켄트의 에스키 주바 광장에 벡라르베기 마드라사가 지어지기
시작했습니다.
Biroq xonliklar davridagi o'zaro urushlar, chor Rossiyasi bilan bo'lgan
urushlarda bu madrasalar ancha puturdan ketadi.
그러나 칸국 시절에 서로간의 전쟁들, 차르 러시아와 있었던 전쟁으로 이
마드라사들은 매우 피해를 입었습니다.
Keyinchalik, ayniqsa mamlakatimiz mustaqilikka erishgandan so'ng,
madrasalar to'liq ta'mirlandi va hozirgi paytda O'rta Osiyo diniy nazorat
madrasasi hisoblanadi.
그 후, 특히 우리들의 나라가 독립을 획득한 후, 마드라사들은 완전히
수리되었고, 현재 중앙아시아 종교 감독 학교입니다.
Beshyog'och dahasida saqlanib qolgan yana bir madrasa - Abulqosim
madrasasida esa xalq hunarmandchiligi o'rgatiladi.
베쉬요고츠 구역에 보존된 다른 한 마드라사는 아불코심 마드라사로 민족
수공예가 장식되어 있습니다.
Bugungi kunda ham Toshkent Sharq mash'ali hisoblanadi.
오늘날에도 타슈켄트는 동방의 횃불입니다.
U Markaziy Osiyodagi eng yirik ilmiy, madaniy markazdir.
그것은 중앙아시아에 있는 가장 거대한 학문, 문화의 중심지입니다.
Toshkentda juda ko'p xalqaro anjumanlar o'tkaziladi.
타슈켄트에서 매우 많은 국제 회의들이 실시됩니다.
단어
tutashmoq 잇다, 연결하다 daha 단지, 지역, 구역 putur ketmoq (futur
ketmoq) 약화시키다, 힘을 잃게 하다, 예전의 태도를 잃게 하다
댓글 쓰기