지문
San'atning sirli olami
예술의 비밀스러운 세계
Biz rasmlar va haykallarni tomosha qilamiz, simfoniyalarni tinglaymiz,
roman va she'rlarni o'qiymiz, muhtasham binolarga zavq bilan tikilamiz,
raqqoslar o'yinini, spektakl va kinofilmlarni ko'ramiz.
우리들은 그림들과 동상들을 구경하고, 심포니들을 듣고, 소설과 시들을 읽고,
멋진 건물들에 감탄과 함께 바라보며, 춤을 추는 것을, 연극과 영화를
봅니다.
Bu turli-tuman hodisalarning hammasi bir so'z bilan san'at deb
ataladi.
이 다양한 사건들의 모든 것은 우리들이 말과 함께 예술이라고
부릅니다.
Lekin bu birgina so'z ularning hammasi uchun to'liq baho bera
olmaydi.
그러나 이 오직 하나의 말은 그것들의 모든 것을 위해 충분한 점수를 줄 수
없습니다.
Haykal va kuylar, rasm va dostonlar, raqs va kinofilmlar, spektakl va
saroylarning hoshiyasi san'atning har xil turlariga oid asarlardir.
동상과 노래들, 그림과 서사시들, 춤과 영화들, 연극과 궁전들의 경계는
예술의 모든 종류들에 대한 작품들입니다.
Bu turlarning ko'plari qadim zamonlarda, insoniyat taraqqiyotining
dastlabki bosqichlarida paydo bo'lgan.
이 종류들의 대부분은 옛날에, 인류의 발전의 최초 단계에서
나타났습니다.
Agar biz "madaniy qoloq" xalqlar yashaydigan biror orol yoki o'rmonga
borib qolsak, u yerlarda ham turli-tuman yog'och va loydan yasalgan oddiy
haykallarni, har xil raqslarni ko'ramiz, ko'pgina qo'shiq va ertaklarni
eshitamiz.
만약 우리들이 "문화적으로 뒤쳐진" 사람들이 살고 있는 어느 섬 또는 숲에 가
버린다면, 거기에서도 다양한 나무와 진흙으로 만들어진 평범한 동상들을,
다양한 춤들을 보고, 매우 많은 노래와 이야기들을 듣습니다.
Demak, san'atning qachon va kim tomonidan vujudga keltirilgani haqida
aniq bir narsa deyish qiyin.
결론적으로, 예술의 언제 그리고 누구에 의해 나타났는가에 대해 정확히
하나로 말하기 어렵습니다.
단어
hoshiya 경계, 국경, 변경, 변두리 qoloq 뒤의, 후방의, 뒤쳐진
=====
지문
San'at turlari nihoyatda ko'p va xilma-xildir.
예술 종류들은 결론적으로 많고 다양합니다.
Tasviriy san'at, haykaltaroshlik, me'morchilik, teatr, kino, musiqa, raqs
va badiiy adabiyot uning turlarini tashkil qiladi.
묘사하는 예술, 조각, 기념물, 극장, 영화, 음악, 춤과 예술적인 문학은
그것의 종류들을 형성합니다.
Ularning barchasida yuksak badiiy ta'sirchan obrazlar yaratish ko'zda
tutilgan.
그것들의 모든 것에서 거대한 예술적인 매우 많은 영향의 모습들을 만드는
것이 염두에 두어지고 있습니다.
Ammo ular ana shu yagona maqsadga turli-tuman yo'llar bilan
erishadi.
그러나 그것들은 바로 그 오직 목적에 다양한 방법들로 달성합니다.
Masalan, raqs harakatlar, tana a'zolarining ifoda imkoniyatlariga
tayanadi.
예를 들어, 춤을 추는 것, 신체 기관들의 활용 가능성에 근거합니다.
Musiqa tovushlar uyg'unligiga, tovushlarning hissiy ifodasiga
bog'liq.
음악은 소리들이 잘 어울리는 것에, 소리들의 감각적인 활용에 관련이
있습니다.
Tasviriy san'at uchun ranglarning o'zaro mutanosibligi alohida ahamiyat
kasb etadi.
묘사하는 예술을 위해 색들의 서로간의 균형이 특히 중요합니다.
Fikr ifodalashda rassomga bo'yoq va mo'yqalam yordam beradi.
생각을 활용하는 것에서 그림에 물감과 붓이 도와줍니다.
Haykaltarosh esa xom material (tosh, yog'och, metall)ga ishlov berish
orqali go'zallik yaratadi.
조각의 경우 천연의 재료 (돌, 나무, 금속)에 작업해 주는 것을 통해
아름다움을 창조합니다.
Adabiyot esa, bu san'atlardan so'z va ruhning beqiyos imkoniyatlari bilan
farqlanadi.
문학의 경우, 이 예술들로부터 언어와 생각의 끝없는 능력들로 차이가
납니다.
단어
obraz 상, 모습, 모양
=====
지문
Usta Shirin Murodov
우스타 쉬린 무로보다
O'zbek xalq me'morchiligining shuhrati butun jahonga tanilgan.
우즈벡 민족의 기념물의 명성은 전세계에 알려졌습니다.
Bunga o'z kasbi tufayli tanilgan nozik iste'dod sohibi Usta Shirin
Murodovning ham hissasi katta.
이것에 자신의 직업 때문에 알려진 부드러운 재능의 주인 우스타 쉬린
무로보드도 기여가 큽니다.
Kasbga bo'lgan mehr-muhabbat, tinimsiz mehnat uni elga tanitdi.
직업에 있는 사랑, 쉴새 없는 작업은 그를 민족에게 소개했습니다.
Uning otasi Usta Murod va bobosi Usta Nosir Buxoroning mohir
ganchkorlaridan bo'lishgan.
그의 아버지인 우스타 무로드와 그의 할아버지인 우스타 노시르는 부호로의
능숙한 설화석고 조각 장인들이었습니다.
Usta Shirin 14 yoshida yetim qolib, amakisi, mashhur ganchkor Usta Hayot
qo'lida ta'lim oldi.
우스타 쉬린은 14세에 고아가 되어 버렸고, 그의 삼촌, 유명한 설화석고 조각
장인인 우스타 하요트의 손으로 교육받았습니다.
Mustaqil usta sifatida Karmana (hozirgi Navoiy)dagi saroyni bezashda
ishtirok etib tanildi.
그는 독립한 장인으로 카르마나 (오늘날 나보이)에 있는 궁전을 장식하는 것에
참여하며 알려졌습니다.
Qadim Buxoroning ko'rkam yodgorligi Sitorayi Mohi Xosaning Oq zali bezagi
Usta Shirinning me'morchilik mahorati kamolga yetganini namoyish
etdi.
옛날 부하라의 아름다운 유적인 시토라이 모히 코사의 하얀 홀의 장식은
우스타 쉬린의 기념적인 기교가 완전함에 다다랐음을 보여주었습니다.
1920-1935-yillarda Usta Shirin klublar, ma'muriy binolarni ganchkorlik
naqshlari bilan bezadi, ko'pgina arxitektura yodgorliklarini ta'mirlashda
faol qatnashdi.
1920-1935년에 우스타 쉬린은 클럽들, 행정 기관 건물들을 설화석고 조각
장식들로 장식했고, 매우 많은 건축 기념물들을 수리하는 것에 적극적으로
참여했습니다.
1938-yilda O'zbekiston va Turkmaniston qishloq xo'jaligi ko'rgazmasining
xonalari Usta Shirin tomonidan ganch o'ymakorligi bilan bezatildi.
1938년에 우즈베키스탄과 투르크메니스탄의 시골 경영의 박람회의 방들이
우스타 시린에 의해 설화석고 조각으로 장식했습니다.
O'tgan asrning 40-yillarida bunyod etilgan Toshkent kuranti, Navoiy nomli
adabiyot muzeyi, Muqimiy teatri va boshqa ko'pgina binolardagi ganch
o'ymakorligining nafis naqshlari Usta Shirinning sermashaqqat ijodiy
mehnati natijasidir.
과거 40년대에 창조된 타슈켄트 시계탑, 나보이 문학 박물관, 무키미 극장과
다른 매우 많은 건물들에 있는 설화석고 조각들의 섬세한 조각들이 우스타
쉬린의 매우 힘든 창작의 작업의 결과입니다.
U Alisher Navoiy nomidagi teatrning Buxoro zali bezagi uchun 1984-yilda
Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
그는 알리셰르 나보이 극장의 부하라 관 장식 때문에 1984년에 국가 상을
받았습니다.
Samarqand ta'mirlovchilar maktabida, Toshkent qurilish san'ati maktabida,
Moskva badiiy san'ati bilim yurtida, P. Benkov nomli respublika badiiy
bilim yurtida ko'p yillar o'zbek xalq me'morchiligi sirlaridan
o'quvchilarga saboq berdi.
사마르칸트 보수 학교에서, 타슈켄트 건축 예술 학교에서, 모스크바 예술
학교에서, P. Benkov 공화국 예술 학교에서 많은 해 우즈벡 민족의 기념물의
비밀들을 학생들에게 가르쳤습니다.
=====
지문
Mutal Burhonov
무탈 부르호노프
Tabiatdagi o'ziga xos nozik tarovatlarni shoirlar she'rga solsa,
musavvirlar bo'yoqqa ko'chiradi, musiqachi esa kuy va qo'shiqlarda ijro
etadi.
자연에 있는 자신에게 적합한 부드러운 기쁨들을 시인들이 시에 담는다면,
화가들은 물감으로 모사하고, 음악가는 곡과 노래들로 수행합니다.
Bastakor Mutal Burhonov qadimiy Buxoroda o'sdi.
작곡가 무탈 부르호노프는 오래된 부하라에서 자랐습니다.
U qadimiy obidalar sehri, tabiat go'zalligidan qattiq ta'sirlanar,
qalbida ajib tuyg'ular jo'sh urar, quvonchdan vujudi to'lib-toshib nimadir
aytgisi, cho'qqilarga qarab hayqirgisi kelardi.
그는 오래된 건물들의 마법, 자연의 아름다움으로부터 크게 느꼈고, 마음에
있는 놀라운 감정들이 끌어오르고, 기쁨 때문에 그의 존재가 가득차서 무언가
노래하고, 정상을 향해 고함치고 싶곤 했습니다.
Bularning hammasi bir kuy, qo'shiq, yirik shakldagi musiqa asarlari
bo'lib otilib chiqdi.
이것들의 모두가 한 곡조, 노래, 거대한 모양의 음악 작품들이 되어
나아갔습니다.
Uning ijodi o'zbek musiqasining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil
etdi.
그의 저작은 우즈벡 음악의 가장 강렬한 페이지들 중 하나를
형성했습니다.
Ustoz asarlarining fazilatlaridan biri milliylikdir.
전문가의 작품들의 활동들 가운데 하나는 민족성입니다.
Mutal Burhonov musiqa san'atimizni rivojlantirib, uni bir qator yangi
musiqa asarlari bilan boyitdi.
무탈 부르호노프는 자신의 음악 예술을 발전시킨 후, 그것을 일련의 새로운
음악 작품들로 풍부하게 했습니다.
Ustoz yaratgan nodir asarlar asl san'at namunasi sifatida yillar osha
yashaydi.
전문가가 창조한 귀중한 작품들은 진정한 예술의 사례로 해를 거듭해 살고
있습니다.
단어
ko'chirmoq 베끼다, 모사하다, 복사하다 jo'sh urmoq 끓다, 끓어오르다 osha
1. ~의 기간동안 2. ~를 통하여
댓글 쓰기