지문
Musulmon dunyosidagi eng mashhur allomalarimizdan biri Najmiddin
Kubrodir.
이슬람 세계에서 가장 유명한 학자들 중의 하나는 나즈밋딘
쿠브로입니다.
Najmiddin Kubro 1145-yilda Xorazmning Xiva shahrida dunyoga kelgan.
나즈밋딘 쿠브로는 1145년 호라즘의 히바 시에서 태어났습니다.
Najmiddin Kubro tasavvufdagi kubraviy ta'limotining asoschisidir.
나즈밋딘 쿠브로는 수피즘의 쿠브라비 학파의 창시자입니다.
Najmiddin Kubro hayotining so'nggi davrlari o'ta og'ir sharoitda
kechgan.
나즈밋딘 쿠브로는 생애의 마지막 시기들을 매우 어려운 환경에서
보냈습니다.
1221-yilda Chingizxon boshchiligida qo'shinlar Xorazmga bostirib
kiradi.
1221년 칭키즈칸을 대장으로 군대들이 호라즘을 정복시키고 들어옵니다.
1221-yilning iyul oyida Chingizxon lashkarboshilaridan biri Xulaguxon
o'zining yosh o'g'li va behisob lashkarlari bilan Urganch shahrini o'rab
oladi.
1221년 7월에 칭기즈칸은 지휘관들 중 하나인 후라구혼은 자신의 어린 아들과
가치를 평가할 수 없는 군대들과 힘께 우르겐치 시를 포위합니다.
Shahar qamal ichida qolib, aholi nihoyatda og'ir ahvolga tushadi.
도시는 포위 공격에 빠졌고, 주민들은 결국 힘든 상황에 빠집니다.
Shunday bir vaziyatda yetmish yoshdan oshgan Najmiddin Kubro xalq
orasidan lashkar to'plab, qo'lida qurol bilan shaharni bir necha kun
mobaynida himoya qiladi.
그처럼 이 상황에서 70세가 넘은 나즈밋딘 쿠브로는 사람들 사이에서 군대를
모아서, 손에 무기를 가지고 도시를 며칠 동안 방어합니다.
Chingizxon shaharga hujum qilishidan bir necha kun oldin Najmiddin
Kubroga xat yozib, unga shahardan chiqib ketishni taklif qiladi.
칭기즈칸은 도시를 공격하기 며칠 전 나즈밋딘 쿠브로에게 편지를 써서,
그에게 도시에서 나오는 것을 요청합니다.
Najmiddin Kubro bu taklifni rad etib, o'z vatandoshlari bilan so'nggi
nafasigacha birga qoladi.
나즈밋딘 쿠브로는 이 요청을 거절해서, 자신의 같은 나라 사람들과 함께 죽을
때까지 함께 남습니다.
Qarshilik ko'rsatishga kuchi qolmagan urganchliklar dushmanga taslim
bo'lishadi.
저항을 보여주기에 힘이 남지 않은 우르겐치 사람들은 적에게
투항합니다.
Jarohatlangan Najmiddin Kubro o'limi oldidan nayza bilan mo'g'ul askariga
tashlanadi va mo'g'ul askari sanchgan nayzaning uchini bir qo'li bilan
ushab turgan holda jon beradi.
부상당한 나즈밋딘 쿠브로는 임종 전에 창을 몽골 군인에게 던지고, 몽골
군인이 찌른 창의 끝을 한 손으로 쥐고 서 있는 상태에서 숨을
거두었습니다.
단어
ta'limot 학파 qamal 봉쇄, 폐쇄, 포위, 포위 공격 mobaynida (기간) ~동안
taslim 투항, 항복 jarohatlanmoq 부상입다, 상처입다
=====
지문
O'zbek xalqida qadimdan mehr-oqibat, saxiylik, ota-ona va kattalarga
hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik,
halollik kabi insoniy fazilatlar bor.
우즈벡 민족에게는 옛날부터 사랑, 자선, 부모님과 어른들을 공경하기,
고아들에게 자애, 성실, 정직과 같은 인간적인 행동들이 있습니다.
Shuning uchun ham o'zbek xalqi orasida bir-birining holidan xabar olish,
nochor va nogiron oilalarga yordam berish odat tusiga kirgan.
그래서도 우즈벡 민족 사이에서 서로의 상태에 대해 소식을 얻기, 가난하고
불구가 된 가족들을 도와주는 것은 풍습의 특징이었습니다.
O'zbekistonliklarning ma'naviy qiyofasini belgilaydigan mehmondo'stlik,
kattalarga hurmat, to'y va marosimlarda o'zaro yordamlashish, hashar,
oilada bir-biriga ko'maklashish, himmatlilik, oila buzilishiga yo'l
qo'ymaslik kabi udumlar ko'p yillardan beri mavjud.
우즈베키스탄 사람들의 도덕적인 외관을 가리키는 손님환대, 웃어른 공경,
결혼과 의식들에서 서로 도와주기, 협동, 가족에서 서로를 도와주기, 관대함,
가정이 무너지는 것을 허용하지 않기와 같은 풍습들이 오랜 시간 전부터
존재합니다.
Bu urf-odatlarni O'zbekistonda yashovchi boshqa millat vakillari ham
o'rganishsa, ularga amal qilishsa bu faqat foyda keltirishi mumkin.
이 풍습들을 우즈베키스탄에서 살고 있는 다른 민족들도 배운다면, 그들에게
행한다면 이것은 오직 이득만 가져오게 할 수 있습니다.
Shunday ekan, ota-bobolarimiz udumiga sodiq qolgan holda bir-birimizdan
yordamimizni ayamaylik.
우리들의 조상들은 풍습에 충실한 형태로 우리들 서로에게 도움을 아끼지
맙시다.
Axir, moddiy yordam bera olmasak ham, yaxshi so'z, shirin muomala,
do'stona munosabat bilan yordam berish, dil yarasiga malham berish
mumkin-ku!
결론적으로, 물질적인 도움을 줄 수 없다해도, 좋은 말, 좋은 행동, 우호적인
관계로 도움을 주기, 마음의 상처에 연고를 주는 것도 가능하지요!
Aziz bolalar, savobli ishlar qilishga shoshiling!
소중한 아이들, 도덕적인 일을 하기 위해 서두르세요!
단어
nochor 가난한, 곤궁한 nogiron 불구가 된 belgilamoq 가리키다 moddiy
물질적인 malham 고약, 연고, 위로물
=====
지문
Milliy ma'naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib
kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram - Navro'z ayyomi
misolida namoyon bo'ladi.
우리들의 민족적인 정신적 세계가 예전부터 얼마나 요소와 기준들에 기초하여
형성되고 있는 것은 우리 민족을 위해 가장 사랑스럽고 가장 국민적인 명절인
나브루즈 바이람이 예로 보여집니다.
Barchamiz orziqib kutadigan va katta shodiyona bilan o'tkazadigan Navro'z
bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiyatning ustuvor qudrati va cheksiz
saxovatining, oliyjanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo'lib
kelmoqda.
우리 모두 염원하며 기다리는, 그리고 큰 즐거움과 함께 행하는 나브루즈
바이람은 우리들을 위한 삶의 영원함, 자연의 가장 중요한 능력과 끝없는
아량의, 우리들의 숭고한 풍습들의 독특한 표현이 되고 있습니다.
Yangilanish va ezgulik timsoli bo'lgan Navro'z xalqimizga xos odamiylik,
mehr-oqibat, muruvvat va himmat kabi xususiyatlardan oziqlanib,
ajdodlarimiz asrlar davomida umuminsoniy g'oyalardan bahramand bo'lib,
ma'naviy kamol topganining tasdig'idir.
새로워지는 것과 친절함의 본보기가 된 나브루즈는 우리 민족에게 좋은 박애,
사랑, 인간애와 아량과 같은 특성들로부터 영감을 얻어서, 우리들의 선조가 수
세기에 걸쳐서 전 인류적인 생각으로부터 혜택을 보고, 정신적인 성장을 한
것의 확증입니다.
단어
mezon 1. 천칭, 저울 2. 척도, 기준 orziqmoq 염원하다, 소원하다 shodiyona
즐거운, 행복한 ustuvor 가장 중요한, 가장 의의 있는, 가장 먼저 cheksiz
무한한, 끝없는 oliyjanob 고상한, 숭고한 odamiylik 인도주의, 박애
oziqlanmoq 1. 먹다 2. 영감을 얻다, 정신적으로 활기를 얻다 umuminson 전
인류 g'oya 생각, 관념, 심상
댓글 쓰기