우즈베키스탄 러시아인 학교 우즈베크어 과목 교과서 2010년 9학년 10 주식 거래소

우즈베키스탄 러시아인 학교 우즈베크어 과목 교과서 2010년 9학년 10 주식 거래소



지문


Fond birjasi
주식 거래소

O'zbekistonda ko'plab birjalar mavjud.
우즈베키스탄에는 많은 거래소들이 존재합니다.

Jumladan:
예를 들면

1. Fond birjasi
1. 주식 거래소

2. Tovar-xomashyo birjasi
2. 물건-천연자원 거래소

3. Ko'chmas mulk birjasi
3. 부동산 거래소

4. Valuta birjasi
4. 외환 거래소

"Toshkent" respublika fond birjasi 1994-yil 8-aprelda tashkil qilingan.
"타슈켄트" 국립 주식 거래소는 1994년 4월 8일 형성되었습니다.

Birjaning faoliyati respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar va xususiylashtirilgan davlat korxonalari negizida ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil qilish siyosati bilan bog'liqdir.
거래소 활동은 우리들의 공화국에서 실시되고 있는 개혁들과 사유화된 국영 공장들에 기초하여 일반 주식회사 사회를 형성하는 정책과 관련이 있습니다.

Fond bozori O'zbekiston uchun iqtisodiyotda pul tushumini qayta taqsimlashning yangi sistemasi hisoblanadi.
주식 시장은 우즈베키스탄을 위한 경제에서 수령액을 다시 재분배하는 것의 새 시스템으로 간주됩니다.

Hozirgi kunda Fond birjasi o'zining tizimlari orqali katta hajmdagi aktivlarni o'ziga jalb qiladi.
오늘날 주식 시장은 자신의 시스템들을 통해 대규모의 주식들을 자신에게 끌어들입니다.

Ular bozorda yig'ilib, yaxlit holga keladi, shundan keyin bu aktivlar iqtisodiyotning ko'p jihatdan raqobatbardosh hisoblangan sohalariga yo'naltiriladi.
그것들은 시장에서 모여서, 안전한 상태로 와서, 그 후 이 주식을은 경제의 많은 부분에서부터 경쟁할 수 있는 것으로 간주된 영역들에 보내집니다.

Fond birjasi qimmatli qog'ozlar savdosini amalga oshirishning eng rivojlangan shaklidir.
주식 시장은 가치가 있는 증권들의 무역을 행하는 것의 가장 발달된 형태입니다.

Fond birjasi, birinchi navbatda, qimmatli qog'ozlar bozorinng tashkilotchisi sifatida samarali savdolarni o'tkazish uchun zarur bo'lgan barcha sharoitlarni vujudga keltirish bilan shug'ullanadi.
주식 시장, 첫 번째 순서로, 증권들이 시장의 형성자로 효율적인 거래들을 행하기 위해 필요한 모든 조건들을 등장시킵니다.

Ochiq birja savdolari ishtirokchilarning aynan qatnashuvini talab qiladi.
일반 주식 시장들은 참여자들의 바로 그 참여를 요청합니다.

Shuningdek, ishtirokchilar kompyuter yordamida o'zlarining ish joylarida bo'lganlari holda savdolarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
그래서, 참여자들은 컴퓨터의 도움으로 자신들의 일터에서 있는 상태로 거래에서 참여하는 것이 가능합니다.

Ammo savdoni boshqarishda belgilangan qoidalarga barcha ishtirokchilarning amal qilishlari majburiy tartib hisoblanadi.
그러나 거래를 관리하는 것에서 명시된 규정들을 모든 참여자들이 준수하는 것은 의무적인 규칙입니다.

"Toshkent" respublika fond birjasi hozirgi kunda respublikaning barcha viloyatlardagi filial va ko'plab brokerlik idoralarini o'zida mujassam qilgan tashkilotdir.
"타슈켄트" 국립 주식 거래소는 오늘날 공화국의 모든 주에 있는 지사와 많은 브로커 관청들을 스스로 동등하게 한 조직입니다.

Birja hozirda o'z mijozlarining har qanday ish joyidan savdolarda qatnashuvini ta'minlash imkoniyatiga ega bo'lgan zamonaviy jihoz-uskunalar va kompyuter dasturlariga ega.
거래소는 현재 스스로 고객들의 모든 일터에서부터 거래들에서 참여한 사람들을 공급받을 수 있는 가능성을 가진 현대적인 도구들과 컴퓨터 프로그램을 가지고 있습니다.

단어


fond 자금, 기금, 주식 islohot 개혁, 개선, 개정 aksiyadorlik 주식회사 xususiylashtirmoq 사유화하다 negizida ~에 기초하여 pul tushumi 수령액 qayta taqsimlash 재분배 yaxlit 안전한, 위험성이 없는 raqobatbardosh 경쟁할 수 있는 yo'naltirmoq 향하게 하다, 보내다, 파견하다 qimmatli qog'oz 채권, 증권 1매 samarali 효율적인, 생산적인 qatnashuv 참가, 참여 filial 지부, 지사 mujassam qilmoq 동등하게 하다, 동격으로 하다, 병렬하다 mijoz 고객, 단골 손님 dastur 프로그램

=====

지문


O'zbekistonning aksiyadorlik jamiyatlarining fotolistingi yordamida ma'lum korxona joylashgan manzilga bormay turib, fotosuratlarda aks ettirilgan manzaralar asosida umumiy ma'lumotga ega bo'lish mumkin.
우즈베키스탄의 주식 회사 집단들의 사진 목록의 도움으로 알려진 작업장이 위치한 공간에 가지 않고, 사진들로 반영시켜진 풍경들을 토대로 일반적인 정보를 얻을 수 있습니다.

Joriy etilgan bu yangi usul xizmat safariga ajratilgan mablag'ning tejalishiga olib keldi, shu bilan birga, korxonaning ahvoli bilan fototasvir yordamida yaqindan tanishishi imkoniyatini yaratdi.
도입된 이 새로운 방법은 출장에 배정된 금액의 절약을 유발했고, 그와 더불어, 작업장의 상황과 사진의 도움으로 구체적으로 알 수 있게 되었습니다.

Mamlakat fond bozori kapitalining chet el bozorlari bilan hamkorligini ta'minlash maqsadida "Toshkent" RFB ning rasmiy saytida "axborot-tahlil tizimi"ni tashkil qilish bo'yicha ish olib borildi.
국가 주식 시장은 자본의 외국 시장과 함께 협력하는 것을 공급하기 위한 목적으로 "타슈켄트" RFB의 공식적인 사이트로 '정보-분석 시스템'을 형성하는 것에 대한 일이 추진되었습니다.

Endilikda birja Internet orqali har bir emitentning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli va bozorning holatini aniqlaydi.
오늘날 거래소는 인터넷을 통해 모든 유가증권의 금융상의, 경제적인 상황과 시장의 상태를 정확하게 해 줍니다.

"WEB-sayt"ning "axborot-tahlil tizimi"ga esa moliyaviy-iqtisodiy ahvol, bozorning faollik darajasi, moliyaviy barqarorlik, emitentning to'lovini amalga oshirish imkoniyati, foyda ko'rib ishlash qobiliyati, ularning faoliyat ko'rsatish sohalari haqidagi statistik va boshqa ma'lumotlar kiritilgan.
"웹사이트"의 "정보-분석 시스탬"에는 금융상 및 경제적인 상태, 시장의 활동 정도, 재무적인 안정, 유가증권의 가격을 실행하는 능력, 이익을 보고 일하는 능력, 그것들의 활동을 보여주는 영역들에 대한 통계와 다른 정보들이 포함되었습니다.

Bu usul nafaqat tayyor axborotni kuzatish, balki hisobotlarni elektron tarzda qabul qilib, shakllantirish va chuqur tahlil qilish imkoniyatini yaratdi.
이 방법은 오직 준비된 정보들을 지켜보는 것 뿐만 아니라 계산서를 전자 방식으로 받아들인 후, 형성시키기와 깊이 분석하는 능력을 창조했습니다.

단어


aksiyadorlik jamiyat 공동 자본 xizmat safari 출장 kapital 자본 tahlil 분석, 분해 emitent 유가증권 moliyaviy 재무의, 금융상의 barqarorlik 안정, 견고, 견실 qobiliyat 능력, 역량, 재능 statistik 통계 hisobot 보고, 보고서, 설명서, 계산서

=====

지문


Jahonning eng yirik fond birjalari
세계의 가장 거대한 주식 거래소들

1531-yilda Antverpen, 1566-yilda London va 1608-yilda Amsterdam tovar birjalari tashkil etildi.
1531년에 앤트워프, 1566년에 런던, 그리고 1608년에 암스테르담은 물물 거래소가 형성되었습니다.

Tovar birjalarining o'sishi ularning safidan alohida birjalarning ajralib chiqishiga olib keldi.
물물 거래들의 성장은 그것들의 지위에서 분리된 거래소들이 분리되어 나오는 것을 유발했습니다.

Ularda faqat o'ziga xos xususiyatli tovar - qimmatli qog'ozlar bilan savdo qilinadi.
그곳들에서 오직 자신에게 어울리는 특정 상품 - 주식들로 거래됩니다.

Dastlab bunday birjalar tovar birjalarining yordamchi bo'limlari shaklida faoliyat ko'rsatdi.
곧 이와 같은 거래소들은 상품 거래들의 조력자 조직들의 형태로 활동을 보여주었습니다.

Keyinchalik ular qimmatli qog'ozlar bilan savdo-sotiq qilishga ixtisoslashtirilgan maxsus muassasa - fond birjalari sifatida faoliyat yurita boshladi.
그 후 그것들은 증권들을 거래하는 것에 특화된 특별한 단체 - 주식 거래소들의 형태로 활동을 진행시키기 시작했습니다.

Nyu-York fond birjasi AQSHning bosh birjasi va jahonning eng yirik birjasidir.
뉴욕 주식 거래소는 미국의 최고 거래소이며 세계에서 가장 큰 거래소입니다.

U 1792-yilda tashkil topgan.
그것은 1792년에 형성되었습니다.

O'sha vaqtda 24 nafar tadbirkor dastlabki brokerlik kelishuvini imzoladi va bu bilan Nyu-Yorkda qimmatli qog'ozlarnng birinchi uyushgan bozorini tashkil etdi.
바로 그 때 24명의 사업자가 최초의 브로커가 된 것을 서명했고, 이와 함께 뉴욕에서 주식들의 첫 번째 구성된 시장을 형성했습니다.

Birjadagi operatsiyalarni faqatgina ularning a'zolari amalga oshirishi mumkin.
거래소에 있는 업무들을 오직 그들의 회원들이 행할 수 있습니다.

Frankfurt fond birjasi.
프랑크푸르트 주식 거래소

Frankfurt-Mayndagi birja XVI asrda vujudga kelgan.
프랑크푸르트 암 마인 거래소는 16세기 생겨났습니다.

Hozirgi vaqtda Frankfurt fond birjasi nafaqat Germaniyaning, balki butun Yevropa mintaqasining moliyaviy markazi hisoblanadi.
현재 프랑크푸르트 거래소는 독일 뿐만 아니라, 어쩌면 전 유럽 지역의 자본 중심지로 여겨집니다.

Frankfurt fond birjasi kattaligi jihatidan jahonda to'rtinchi o'rinda turadi, 1996-yilda uning yillik aylanmasi (oboroti) 6,9 mlrd nemis markasiga teng edi.
프랑크푸르트 주식 거래소는 규모 측면에서 세계에서 4번째 위치를 차지하며, 1996년에 그 해의 유통은 69억 독일 마르크와 같았습니다.

Tokio fond birjasi.
도쿄 주식 거래소

Bu birja Yaponiyaning 8 ta fond birjasidan eng yirigi hisoblanadi.
이 거래소는 일본의 8개의 주식 거래소 중에서 가장 큰 곳으로 여겨집니다.

Mamlakatning barcha fond birjalari umumiy aylanmasining 80 foizi uning ulushiga to'g'ri keladi.
국가의 모든 주식거래소는 일반 유통의 80%가 그것의 몫에 부합합니다.

Birja tashkil topganiga 100 yildan oshgan.
거래소는 형성된 지 100년이 넘었습니다.

단어


ixtisoslashtirmoq 전문화시키다 muassasa 1. 창립, 설립, 설치 2. 공공기관, 단체 imzolamoq 서명하다

=====

지문


Tabiat muvozanati
자연의 안정

Tabiatda, go'yoki yer maydonining muayyan joylari aynan qandaydir xo'jalik tarmog'ini joylashtirish uchun yaratilgan ko'rinadi.
자연에서 마치 대지의 특정한 장소들은 마치 무언가 관리 영역을 위치시키기 위해 만들어진 것으로 보입니다.

Boshqacha qilib aytganda, har bir joy nima uchundir qulay maqsad - shu qulaylikni aniqlash va undan o'z yo'lida to'g'ri foydalanishni ta'minlashdir.
다르게 말하면, 모든 장소는 무언가를 위해서 편한 목적 - 그 쾌적함을 확실히 하고, 그것을 자신의 방법에 맞게 활용하는 것을 공급합니다.

Har bir joy xo'jalik va aholini muayyan miqdorda sig'dira oladi, undan ortig'i esa tabiiy muvozanatni, ekologik vaziyatni buzadi.
모든 곳은 경영과 주민을 특정한 규모로 적합하게 할 수 있고, 그로부터 넘는 것은 자연스러운 안정을, 생태적인 상태를 부숩니다.

Dunyo iqtisodiyotida ishlab chiqarishning tez rivojlanib borishi, tabiiy boyliklarni keskin o'zlashtirish hamda aholi sonining tez o'sib borishi tabiat muvozanatining buzilishiga olib kelmoqda.
세계 경제에서 생산의 빠른 발전, 자연의 부를 급격히 변화시키는 것과 주민들의 숫자의 빠른 증가는 자연의 안정을 부수는 것을 초래합니다.

Tabiat muvozanatini buzish tabiiy ofatlarga sabab bo'lmoqda.
자연의 안정을 파괴하는 것은 자연 재앙의 원인이 되고 있습니다.

Shu sababdan bugungi kunda iqtisodiy masalalarni yechishda ekologik muammolarga e'tibor berish asosiy vazifalarimizdan biri bo'lib qoldi.
그 이유로 오늘날 경제적인 문제들을 해결하는 것에서 생태적인 문제들에 관심을 주는 것이 우리들의 기초적인 의무 중 하나가 되어버렸습니다.

단어


muvozanat 수지, 안정, 평정, 평형 muayyan 확신하는, 확실한, 정확한, 확정적인, 특정한 sig'dirmoq 적합하게 하다, 들어맞게 하다

Post a Comment

다음 이전