O'rta Osiyo qadimdan alp, bahodir yigitlar yurti sifatida dovruq taratgan
mamlakat.
중앙아시아는 옛날부터 용사, 용감한 청년들의 나라로 명성을 자랑하는
나라입니다.
Bizning o'lkamizdan Muqanna, To'maris, Jaloliddin Manguberdi kabi jahon
tan olgan sarkardalar yetishib chiqqan.
우리들의 나라로부터 무칸나, 토마리스, 잘롤릿딘 망구베르디 같은 세계에서
인정한 지휘관들이 나왔습니다.
Sportning kurash, chavandozlik, qilichbozlik, nayzabozlik, dorbozlik kabi
turlari nafaqat o'g'il bolalar, hatto qiz bolalar orasida ham keng
tarqalgan edi.
스포츠의 쿠라쉬(씨름), 승마, 검술, 창던지기, 줄타기와 같은 종류들은 남자
아이들 뿐만 아니라 소녀들 사이에서도 널리 퍼졌습니다.
Mustaqillikdan so'ng O'zbekistonda sportni rivojlantirishga katta e'tibor
berila boshlandi.
독립 후 우즈베키스탄에서 스포츠를 발전시키는 것에 큰 관심을 주기
시작했습니다.
Hozirgi kunda qadimiy milliy an'analarni davom ettirish, sportning boshqa
mamlakatlardan kirib kelgan yangi turlarini rivojlantirish bo'yicha katta
ishlar amalga oshirilmoqda.
오늘날 오래된 민족의 전통들을 지속시키고, 스포츠의 다른 국가들로부터
들어온 새로운 종류들을 발전시키는 것에 대해 큰 일들이 행해지고
있습니다.
단어
alp 장수, 용사 bahodir 용감한, 영웅같은 chavandozlik 승마 qilichbozlik
검술 nayzabozlik 창던지기 dorbozlik 줄타기
=====
Alpomishlar yurtida alp yigitlar bellashuvi
알포미쉬의 나라에서 젊은 용사들이 투쟁합니다.
1999-yilning 1-mayi nafaqat o'zbek polvonlari, balki butun O'zbekiston
xalqi hayotida unutilmas kun bo'lib qoldi.
1999년 5월 1일은 오직 우즈벡 용사들 뿐만 아니라 모든 우즈베키스탄
사람들의 삶에서 잊혀지지 않는 날이 되었습니다.
Shu kuni o'zbek kurashini dunyo e'tirof etdi.
그날 우즈벡 씨름을 세계에 알렸습니다.
Toshkentda kurash bo'yicha birinchi jahon chempionati o'tkazildi.
타슈켄트에서 쿠라쉬에 대한 첫 번째 세계 챔피언 대회가 열렸습니다.
Yaqin-yaqingacha kurash musobaqalari faqat to'y-u tantanalarda, hosil
bayramlarida o'tkazilardi.
최근까지 쿠라쉬 경기들은 오직 결혼과 축전들에서, 수확 축제들에서 행해지곤
했습니다.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng milliy kurash bo'yicha
xalqaro musobaqalar o'tkazila boshlandi.
우리들의 나라는 독립을 획득한 후 전통 쿠라쉬에 대한 국제 대회들을
실시하기 시작했습니다.
1992-yilda Kanadada o'tkazilgan dzyudo bo'yicha jahon chempionati hamda
jahon "Dzyudo" federatsiyasining kongressida ilk bor o'zbek milliy kurashi
targ'ib etildi.
1992년에 캐나다에서 실시된 유도 세계 챔피언 대회에서도 세계 "유도" 연맹의
회의에서 일찍 우즈벡 전통 씨름이 홍보되었습니다.
Keyinchalik Yaponiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Monako davlatlarida
bo'lib o'tgan xalqaro sport anjumanlarida o'zbek kurashi chet ellik
mutaxassislarda katta qiziqish uyg'otdi.
그 후, 일본, 인도, 영국, 모나코에서 실시된 국제 스포츠 회의에서 우즈벡
쿠라쉬는 외국 전문가들에서 큰 흥미가 발생했습니다.
Kurash bo'yicha birinchi jahon chempionati Toshkentda o'tkaziladigan
bo'ldi.
쿠라쉬에 대한 첫 번째 세계 챔피언 대회는 타슈켄트에서 행해졌습니다.
단어
bellashmoq 붙들다, (적, 곤란에 맞서) 싸우다 kongress 의회 targ'ib 선전,
홍보
=====
Dorbozlik
줄타기
Dorbozlik - sportning eng qadimiy turlaridan biri bo'lib, taxminan 2500
yil ilgari Sharqda paydo bo'lgan.
줄타기는 스포츠의 가장 오래된 종류 중 하나로써, 대략 2500년 전 동양에서
나타났습니다.
Keyinchalik u butun dunyoga tarqalgan.
그 후 그것은 전 세계로 퍼졌습니다.
O'zbekistonda dorbozlik uzoq tarixga ega.
우즈베키스탄에서 줄타기는 오랜 역사를 가지고 있습니다.
O'zbek dorbozlari 40-50 metr balandlikdagi dorlarda yugurish, sakrash,
ko'zni bog'lab yurish kabi tomoshalar ko'rsatishgan.
우즈벡 줄타기 곡예사들은 40~50미터 높이에 있는 줄에서 달리기, 도약, 눈을
가리고 걷기와 같은 공연을 보여주었습니다.
Dor tomoshalari ko'pincha xalq ko'p yig'iladigan maydonlarda, bozorlarda
o'tkazilgan.
줄 공연들은 종종 사람들이 많이 모인 광장들, 시장들에서
행해졌습니다.
Hozir ham O'zbekistonda katta bayramlarda, dam olish kunlarida, xalq
sayllarida dorbozlik tomoshalari ko'rsatiladi.
현재도 우즈베키스탄에서 큰 명절들에, 쉬는 날에, 민족 축제들에 줄타기
공연이 상연됩니다.
Ko'pincha dor o'yinlarida masxarabozlar, polvonlar ham ishtirok
etadilar.
종종 줄 놀이에서 어릿광대들, 장사들도 참여합니다.
Hozirgi kunda dorbozlik sirk san'atining alohida bir turi
hisoblanadi.
오늘날 줄타기는 서커스 예술과 다른 한 종류로 간주됩니다.
단어
dorbozlik 줄타기 dorboz 줄타기 곡예사
댓글 쓰기