To'maris
토마리스
Kaspiy dengizining kun chiqish tarafida qush uchib o'tolmaydigan bepoyon
cho'l va qirlarda massagetlar yashar ekanlar.
카스피해의 해가 뜨는 방향에서 새가 날아서 지나갈 수 없는 끝없는 황야와
스텝들에서 맛사게트인들이 살고 있었습니다.
Eron podshosi Kir ularning yerlarini bosib olmoqchi bo'lib, safarga
otlanibdi...
이란 파샤 키르는 그들의 땅을 정복할 계획이었고, 여행을
떠났습니다...
U zamonlarda massagetlarga To'maris degan aqlli, dono bir ayol boshliq
ekan.
그 시절, 맛사게트인들에게 토마리스라는 지혜롭고 현명한 한 여자가
수장이었습니다.
Kir To'marisni hiyla bilan o'ziga bo'ysundirmoqchi bo'libdi.
키르는 토마리스를 간계로 자신에게 복종시킬 계획이었습니다.
To'marisning eri o'lib ketganini eshitgan Kir uni o'ziga xotin qilib
olish yo'li bilan massagetlar yeriga ega bo'lish rejasini tuzibdi.
토마리스의 남편이 죽었음을 들은 키르는 그녀를 자신에게 시집오게 하는
방법으로 맛사게트인들의 땅의 주인이 되는 계획을 세웠습니다.
Shu muddao bilan u To'marisga sovg'alar bilan sovchilar yuboribdi.
그 목적으로 그는 토마리스에게 선물들과 함께 중매인들을 보냈습니다.
Ziyrak To'maris makkor podshoning yovuz niyatini sezibdi.
신중한 토마리스는 음흉한 파샤의 사악한 목적을 느꼈습니다.
Podshoga xotin emas, massagetlar yurti kerakligini payqabdi va
sovchilarni qabul qilmabdi.
그녀는 파샤에게 여자가 아니라, 맛사게트인들의 나라가 필요한 것을
알아챘고, 중매인들을 받아들이지 않았습니다.
Kir hiyla-nayrangdan ish chiqmaganini ko'rgach, asl maqsadini oshkor
etibdi.
키르는 간계로부터 일이 성사되지 않음을 본 후, 원래 목표를 명백히
했습니다.
Amudaryo tomon yurish qilibdi.
그는 아무다리오 쪽으로 갔습니다.
U sollardan ko'prik yasatib, behisob qo'shini va asbob-anjomlarini
sollarga solib, daryoning narigi qirg'og'iga o'tkazish chorasini
ko'ribdi.
그는 똇목들로 다리를 만들게 하고, 셀 수 없이 많은 군대와 장비들을 뗏목에
싣고, 강의 맞은편 가로 향하는 것의 방법을 찾았습니다.
To'maris uning hamma ishlaridan xabardor ekan, tezlik bilan unga chopar
yuborib, shu so'zlarni yetkazibdi:
토마리스는 그녀의 모든 일들로부터 소식을 얻었고, 서둘러 그에게 특사를
보내서, 그 말을 전달했습니다.
"Ey, midiyalik maqtanchoq podsho!
"어이, 메디아의 자화자찬하는 파샤!
Bu niyatingdan qayt, chunki bu qilayotgan ishlaringdan o'zingga foyda yo
zarar tegishini bilmaysan.
이 의도에서 돌아가라, 왜냐하면 너는 이것을 하고 있는 너의 일로부터
자신에게 이롭거나 해로운 영향을 모른다.
Tinchlik va osoyishtalik bilan o'z yurtingda hukmronlik qil, bizning
yurtimizni o'zimizga qo'yib ber.
평화와 평온으로 네 자신의 나라에서 통치해라, 우리들의 나라를 우리들에게
남겨 주어라.
Ammo biz bilamizki, sen tinchlikni xohlamaysan, shu sababli, basharti
maslahatimizga kirmasang, massagetlar bilan to'qnashishni istasang,
ko'prik yasayman deb ovora bo'lib o'tirma.
그러나 우리들은 네가 평화를 원하지 않는다는 것을 알고 있다, 그래서, 만약
네가 우리들의 조언을 받아들이지 않는다면, 맛사게트인들과 충돌하는 것을
원한다면, 다리를 만들기 위해 스스로를 힘들게 하지 말아라.
Bizga aytsang, biz senga xalaqit bermay, daryodan uch kunlik yo'lga
ko'chib ketamiz, bemalol daryodan o'tasan, so'ng yuzma-yuz
urishamiz.
네가 우리들에게 말한다면, 우리들은 네게 방해하지 않고, 강에서 3일 걸리는
길로 이동할 것이다, 당연히 네가 강을 건넌다면, 그 후 맞서 싸울
것이다.
Bordi-yu, agar biz bilan daryoning o'zing turgan qirg'og'ida
uchrashmoqchi bo'lsang, uni ayt, bunga ham biz rozi, faqat nomardlik
qilma!"
혹시, 만약 우리들과 강에서 네 자신이 서 있는 강변에서 만날 계획이라면,
그것을 말해라, 이것에도 우리는 동의한다, 오직 비겁하게 하지 마라!"
Bu dadil gaplarni eshitib, Kir sarosimaga tushibdi, shoshilinch sur'atda
Eron sardorlarini to'plabdi, ularni voqeadan xabardor qilib, maslahat
so'rabdi.
이 현명한 말을 듣고, 키르는 놀랐습니다, 황급히 서둘러서 이란의 족장들을
모았고, 그들을 사건의 소식을 전하고, 조언을 구했습니다.
Ko'pchilikning fikri To'marisni Eronga keltirib jang qilish ustida
to'xtabdi...
대다수의 생각은 토마리스를 이란에 불러들여 전투하는 것에서
멈추었습니다...
Faqat qahri qattiq vaziri Krez bu fikrga qarshi chiqibdi.
오직 무자비한 그의 재상 크레즈가 이 생각에 반대했습니다.
To'marisning yerida urush ochishni talab qilib, yo'l-yo'riq
ko'rsatibdi.
토마리스의 영토에서 전투를 개시하는 것을 선택해서, 조언했습니다.
Shundan so'ng Kir To'marisning qirg'oqdan uzoqlashishini so'rab,
daryoning To'maris turgan betida urish qilishni bildiribdi.
그 후 키르는 토마리스의 강변에서부터 멀리하는 것을 물어보고, 강의
토마리스가 서 있는 자리에서 전투할 것을 명령했습니다.
To'maris va'dasida turib uch kunlik yo'l bosib ketibdi...
토마리스는 약속을 지켜 3일 걸리는 길을 갔습니다.
Kir o'z qo'shini bilan daryodan o'tibdi.
키르는 자신의 군대와 강을 건넜습니다.
Kir daryoning shu qirg'og'ida sakkiz kun yo'l yuribdi.
키르는 강의 저편에서 8일간 길을 걸었습니다.
Keyin, Krezning maslahati bilan, massagetlarga hiyla tuzog'ini
quribdi.
그 후, 크레즈의 조언으로, 맛사게트인들에게 계략의 함정을
세웠습니다.
Noz-ne'mat va ichkiliklarni muhayyo qilib, eng yomon askarlardan bir
to'pini orqada qoldirib, eng yaxshi askarlar bilan oldinga jo'nab
ketibdi.
식량과 음료들을 준비해서, 가장 나쁜 군인들 중 한 무리를 뒤에 남기고, 가장
좋은 군인들과 앞으로 출발해 갔습니다.
Massaget qo'shinlarining bir to'pi Kayxisrav qoldirib ketgan askarlarga
bexosdan hujum qilib, ularni qirib tashlabdi.
맛사게트 군대들의 한 무리가 카이히스라프가 남기고 간 군대들에게 갑자기
공격해, 그들을 분쇄해 버렸습니다.
Keyin massagetlar ziyofat ustidan chiqib, tayyor noz-ne'mat va
sharoblardan boshini ko'tarolmabdi.
그 후 맛사게트인들은 잔치를 시작해, 준비한 음식과 술로 인해 머리를 들 수
없었습니다.
Eroniylar qo'shini qaytib kelib, ularning ko'pini o'ldiribdi, ba'zilarini
asir qilib olibdi.
이란인 군대는 돌아온 후, 그들의 대부분을 죽였고, 몇몇을 노예로
잡았습니다.
Asirlar ichida massagetlarning boshlig'i bo'lgan To'marisning o'g'li
Sparganiz ham bor ekan.
노예들 가운데에서 맛사게트인들의 수장인 토마리스의 아들 스파르가니즈도
있었습니다.
To'maris o'z o'g'li va askarlari voqeasidan xabardor bo'lib, Kirga chopar
yuborib, shu so'zlarni ayttiribdi:
토마리스는 자신의 아들과 군대들의 사건을 전해 듣고, 키르에게 전령을 보내,
그 말을 하게 했습니다.
"Ey qonxo'r Kir, qilgan ishing bilan maqtanmay qo'ya qol.
"어이 잔악한 키르여, 네가 한 일로 자랑하지 말아라.
Sen mening o'g'limni yuzma-yuz jangda yengganing yo'q, uni makkorlik
bilan sharob ichirib, qo'lga tushirding...
네가 나의 아들을 맞서 전투에서 이긴 게 아니다, 그것을 교활함으로 술을
마시게 하고, 손에 넣은 것이다...
Endi mening nasihatimga kir, o'g'limni menga topshirib, ziyon-zahmatsiz
kelgan yeringga qaytib ket, massaget qo'shinining uchdan birini qo'lga
tushirganing bilan o'z elingda kerilib yuraver.
지금 나의 충고를 들어라, 내 아들을 내게 인도한 후, 손해와 고생 없이 온 네
땅으로 돌아가라, 맛사게트 군대의 1/3을 손에 넣음으로 네 자신의 민족을 늘려
가라.
Agar so'zimga kirmasang, massagetlar tangrisi - Quyosh nomi bilan
qasamyod qilamanki, men senday ochko'z yuhoni qon bilan sug'oraman".
만약 내 말에 동의하지 않는다면, 맛사게트인들의 신 - 태양의 이름으로
선서하노니, 나는 너와 같은 욕심쟁이의 괴물을 피에 빠뜨릴 것이다."
Kir uning bu so'zlariga sira e'tibor qilmabdi.
키르는 그녀의 이 말에 전혀 주의하지 않았습니다.
To'marisning o'g'li yosh Sparganiz esa ertasi hushiga kelib, hamma
voqeadan xabardor bo'libdi, kishandan bo'shatishini Kirdan yolvorib
so'rabdi.
토마리스의 아들인 어린 스파르가니즈는 다음날 정신을 차리고, 모든 사건을
알았습니다, 그는 족쇄로부터 풀어줄 것을 키르에게 간청하며
물었습니다.
So'rovi bajo keltirilib, qo'l-oyog'i banddan ozod qilinibdi.
그의 질문이 실행되어서, 손과 발이 포박에서 자유로워졌습니다.
Ammo u o'z qilgan xatosiga pushaymon yeb, nomus kuchlilik qilib, o'zini
o'zi o'ldiribdi.
그러나 그는 자신이 한 잘못에 후회한 후, 명예가 이겨서,
자살했습니다.
To'maris Kayxisravga qilgan nasihatlari kor qilmaganligini eshitibdi,
barcha kuchlarini to'plab, unga qarshi jang boshlabdi.
토마리스는 카이히스라브에게 한 조언들이 영향을 끼친 것을 듣고, 모든 힘을
모아서, 그에게 맞서 전투를 시작했습니다.
Shiddatli jang boshlanibdi.
절박한 전투가 시작되었습니다.
Aytishlaricha, ko'chmanchi urug'lar bungacha bunday qattiq, bunday
dahshatli jangni sira ko'rmagan ekan.
말한 대로, 유목민 씨족들은 이때까지 이렇게 심하고, 이렇게 무서운 전투를
절대 보지 못했습니다.
Dastavval har ikki taraf qo'shini bir-biriga ro'para turib, yoylardan
tinmay o'q yog'diribdi, keyin o'qdonlarda o'q tamom bo'lib, askarlar
bir-biri bilan aralashib ketibdi, nayzabozlik va qilichbozlk rosa
qizibdi.
맨 처음 모든 두 방향의 군대가 서로에게 맞서 서서, 활로부터 쉬지 않고
화살이 쏟아졌고, 그 후에 화살통에서 화살이 떨어져 군인들이 서로 섞여갔고,
창술과 검술이 매우 격해졌습니다.
Jang juda uzoq davom etsa ham, hech kim jang maydonini tashlab chiqib
ketmabdi.
전투가 매우 오랫동안 지속되었음에도 불구하고, 그 누구도 전쟁터를 버리고
떠나지 않았습니다.
Axir pirovardida massagetlar yengib chiqibdi.
결국에는 마사게트인들이 승리했습니다.
Ular eroniylar qo'shinining ko'pini qirib tashlabdi, bir kam o'ttiz yil
saltanat taxtida o'tirgan Kirni o'ldirishibdi.
그들은 이란 군대의 대부분을 소탕하였고, 1년 부족한 30년을 술탄직에 있었던
키르를 죽였습니다.
To'maris jang tugagandan keyin bir meshni odamzod qoni bilan
to'ldirishni, Kirning murdasini o'liklar ichidan topib keltirishni
buyuribdi.
토마리스는 전쟁이 끝나고 난 후 어느 가죽 주머니를 사람의 피로 가득 채울
것을, 키르의 시체를 죽은 사람들 사아에서 찾아서 가지고 올 것을
명령했습니다.
To'maris uning boshini qon bilan to'lgan meshga botiribdi va podshoning
jasadiga g'azab va nafrat bilan qarab, shu so'zlarni aytibdi:
토마리스는 그의 머리를 피로 가득찬 주머니에 빠뜨렸고, 파샤의 시체를
분노와 경멸과 함께 보고, 이 말을 했습니다.
"Ey nomard, sen meni, jangda halol yengib chiqqan bir ayolni, makkorlik
bilan o'g'lidan judo qilib, farzand dog'ida kuydirding.
"어이 비겁한 자여, 너는 나를, 전투에서 정직하게 이긴 한 여성을, 간교로
그녀의 아들을 분리하고, 아들이 더러움으로 죽게 했다.
Sen umring bo'yi qonga to'ymading, men ichgan ontimga amal qilib, seni
qon bilan sug'ordim.
너는 네 인생 내내 피를 충분히 먹지 않았지, 나는 맹세한 서약을 실행했고,
너를 피에 빠뜨렸다.
Birovning yurtiga zo'ravonlik bilan bostirib kirganlarning jazosi
shu!"
누군가의 나라에 침입으로 침략해 온 자들의 벌이 그것이다!"
단어
muddao 1. 욕구, 소원, 소망 2. 의향, 의지, 목적 ziyrak 1. 영리한, 민첩한
2. 신중한, 조심스러운, 주의 깊은 makkor 교활한, 간교한, 음흉한 oshkor
명백히 sol 뗏목 anjom 가구, 세간, 비품 chora ko'rmoq 1. 집행하다,
활동하다, 어떤 목적을 실행하기 위해 필요한 조건을 새로 만들다 2. 방법을
찾다 3. 벌을 주다, 처벌하다 basharti 만약, 다만, ~하면 to'qnashmoq
충돌하다, 상충하다 ovora bo'lmoq 스스로를 힘들게 하다 xalaqit 방해, 장애
xalaqit bermoq 방해하다 yuzma-yuz 맞서서 bordi-yu 만약, 혹시 shoshilinch
긴급한, 절박한 sur'atda 서둘러서 sardor 지배자, 족장 qahri qattiq 사랑과
동정이 없는, 무자비한 yo'l-yo'riq ko'rsatmoq 조언하다 yo'l bosmoq 알려진
거리를 가다 to'p 무리, 그룹 bexosdan 갑자기 qirmoq 박멸하다, 파괴하다,
부수다 ziyofat 연회, 잔치 chiqmoq 변하다 qonxo'r 잔악한, 흉악한 topshirmoq
배달하다, 인도하다 ziyon 손해 zahmat 고생 kerilmoq 1. 내밀다, 내뻗다,
늘이다, 펴다, 잡아당기다 2. 넓어지다, 팽창하다 qasamyod 선서, 서약 yuho
(신화, 전설 속의) 괴물 -bilan sug'ormoq ~를 흡수하다, 먹어치우다 hushiga
kelmoq 원래 상태로 돌아가다, 정신을 차리다 xabardor bo'lmoq 1. 듣다, 알다,
잘 알게 되다 2. 감독하다, 감시하다 kishan 쇠고랑, 수갑, 족쇄 bo'shatmoq
풀어주다, 방면하다 so'rov 질문, 조회, 물음 band 포박 pushaymon yemoq
후회하다 (pushaymon bo'lmoq, pushaymon qilmoq) kuchlilik qilmoq 이기다,
승리하다 kor qilmoq 영향을 주다 shaddatli 강한, 강대한, 긴박한, 절박한
dastavval 맨 처음 yoy 활 o'qdon 화살통 qizimoq 격렬해지다, 달아오르다
jasad 시체 nafrat 경멸, 혐오 halol 1. 정직한, 공평한, 올바른 2. (무슬림)
허가된 음식 dog' 얼룩, 더러움, 점 kuydirmoq 태우다, 죽이다 ichmoq 약속하다
ont 맹세, 서약
zo'ravonlik 위반, 침해, 모독
댓글 쓰기